22 may 2025

ISSV va Vyetnamning ROX GROUP kompaniyasi Anglashuv Memorandumini imzoladi

ISSV va Vyetnamning ROX GROUP kompaniyasi oʻrtasida yirik investitsiyaviy va qurilish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Kelishuv doirasida Toshkent va Buxoro shaharlarida ko‘p funksiyali turar-joy majmualarini qurish rejalashtirilgan. Bu mamlakat shahar infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

ROX GROUP 1996-yilda tashkil etilgan Vyetnam kompaniyasi boʻlib, koʻchmas mulk, texnologiya, mehmonxona biznesi va moliyaviy xizmatlar ko’rsatishga ixtisoslashgan. U 2000 dan ortiq xodimga ega va o’zining xalqaro miqyosdagi, jumladan, Yevropa bozorlaridagi faoliyatini jadal kengaytirib bormoqda.

Hujjatning imzolanishi O‘zbekiston-Vyetnam iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashda yangi istiqbollarni ochib beradi, shuningdek, O‘zbekiston qurilish sanoatiga zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani jalb etishga xizmat qiladi.