02 iyul 2025

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo al-Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar va ularning kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.