14 iyul 2025

Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmanov Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Hatori bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi O‘zbekiston-Yaponiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashildi.