18 iyul 2025

Tashqi ishlar vazirligida Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Shunindek, aloqalarni chuqurlashtirish maqsadida turli darajalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi.