Joriy yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning ‘‘Limaomaoli Metal Company’’ kompaniyasi bosh direktori Song Lipin bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar temir rudasi qazib olishga oid qo‘shma loyiha holatini hamda investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, xitoylik tomon Toshkent viloyatida metallurgiya sanoat parki tashkil etishga katta qiziqish bildirdi.
Konstruktiv fikr almashuvi yakunida qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish, zarur loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli kelishuvni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.