Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abduraxmonov Turkiyaning Istanbul shahrida 120 nafardan ziyod turkiyalik ishbilarmonlar ishtirokida o‘tkazilgan biznes-forumda qatnashdi, deb xabar qilmoqda TRT O‘zbekiston vakolatxonasining rasmiy Telegram kanali.
Mazkur forum O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli investisiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Forum doirasida Andijon viloyatining sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mebelsozlik hamda logistika sohalaridagi investisiyaviy salohiyati taqdim etildi.