O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Germaniyaning “Mangold Consulting” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Klaus Mangold bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
“Mangold Consulting” GmbH Germaniyada tashkil etilgan xalqaro konsalting kompaniyasi bo‘lib, investitsiya loyihalarini rivojlantirish, strategik konsalting hamda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi biznes aloqalarini kengaytirishga ixtisoslashgan.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, Yevropa kompaniyalarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga jalb etish hamda sanoat sohasida yangi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.