23 aprel 2026

Toshkent shahrida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” 6-Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

2026-yilning 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” 6-Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati. Mazkur nufuzli tadbir texnologik sheriklik masalasida Yevrosiyoning eng yirik maydonlaridan biriga aylandi. Jami 18 000 kvadrat metr maydonni egallagan ko‘rgazma O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Xitoy va Qozog‘istondan tashrif buyurgan 350 dan ortiq eksponentlarni bir nuqtaga jamladi.

Uch kun davom etgan anjuman davomida dunyoning 35 mamlakatidan 10 000 nafardan ziyod biznes va davlat tuzilmalari vakillari tashrif buyurishdi. Forum ishida 5 200 dan ortiq tashkilot delegatlari faol ishtirok etishdi.

Davlat va biznes o‘rtasidagi ochiq muloqotning nufuzli hamda talabgir formatiga aylangan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” forumi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.