06 iyul 2026

ISSVda «SinoLink Infrastructure» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning «SinoLink Infrastructure» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sun Szezyun bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida pullik avtomobil yo‘llarini qurish, shahar oqova suv tizimlarini rivojlantirish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish hamda «aqlli» avtoturargohlar (smart parking) bo‘yicha zamonaviy yechimlarni joriy etishga qaratilgan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, investitsiya tashabbuslarini samarali ro‘yobga chiqarish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

SinoLink Infrastructure — 1993-yilda tashkil etilgan Xitoyning investitsiya va infratuzilma kompaniyasi. Kompaniya transport infratuzilmasi, sanoat qurilishi, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalarni o‘zlashtirish, shuningdek, muhandislik hamda intellektual transport tizimlari yo‘nalishlarida yirik loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan.