26 avgust 2026

Toshkent shahrida O‘zbekiston–Koreya biznes-forumi va B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

24-avgust kuni Toshkent shahrida ISSV va Koreya Importchilar Assotsiatsiyasi (KOIMA) hamkorligida O‘zbekiston–Koreya biznes-forumi va B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

Tadbirda vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov, KOIMA raisi Youn Young Mi, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Won Do Yeon hamda ikki mamlakatdan 100 ga yaqin biznes vakillari ishtirok etdi.

2025-yilda o‘zaro savdo hajmi qariyb 2 mlrd dollarni, Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi esa 8 mlrd dollardan ortiqni tashkil etdi. O‘zbekistonda Koreya kapitali ishtirokidagi 600 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

Tomonlar savdoni kengaytirish, O‘zbekiston mahsulotlari eksportini oshirish, yangi biznes aloqalari va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.