14 sentabr 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri farmatsevtika sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov farmatsevtika sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.


Tadbirda 30 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etdi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar xorijiy hamkorlarni izlash, chet el kompaniyalari bilan muzokaralarni tashkil etish, yer uchastkalarini ajratish, eksportni rivojlantirish va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish masalalarini ko‘tardilar.

Har bir murojaat manzilli ravishda ko‘rib chiqildi. Masalalarning bir qismi joyida hal etildi, ayrim murojaatlar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq tushuntirishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar Vazirlikning tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan nazoratga olindi. Biznes vakillari bilan bunday uchrashuvlar amaliyoti davom ettiriladi.