14 sentabr 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Islom taraqqiyot bankining (ITB) Olmaota shahridagi hududiy vakolatxonasi yangi tayinlangan rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

9-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Islom taraqqiyot bankining (ITB) Olmaota shahridagi hududiy vakolatxonasi yangi tayinlangan rahbari Hammad Zafar Xundal bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.

Vazir Hammad Zafar Xundalni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va ITB o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, xususan, suv va qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi, energetika, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiyaviy tashabbuslarni ilgari surish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.