Toshkent xalqaro moliya markazi va Busan Finance Center ikki moliya markazi o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
16-sentabr kuni Pusan shahrida Jahon xalqaro moliya markazlari alyansining (WAIFC) yillik yig‘ilishi doirasida imzolangan Memorandum nusxalarini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining maslahatchisi Aleksey Sim ishtirok etdi.
Memorandum barqaror va raqamli moliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro moliya markazlarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, qo‘shma tadqiqot va ta’lim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Tomonlar, shuningdek, Toshkent va Pusanga moliya institutlari, xalqaro kompaniyalar hamda professional xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Memorandum TMXMning WAIFCga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinganidan so‘ng tuzilgan birinchi ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi bo‘ldi.