29 sentabr 2026

Toshkentda O‘zbekiston Hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o‘rtasida 7-maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

25-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o‘rtasida 7-maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati. Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux G‘ulomov hamda FTAning Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari Virjini Bleytrax boshchilik qildi.

Umumiy qiymati 1,29 mlrd yevro bo‘lgan 13 ta amaldagi loyiha portfelini amalga oshirish hamda 604,2 mln yevrolik to‘qqizta yangi tashabbusni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zlashtirilgan mablag‘lar hajmi qariyb 1 mlrd yevroga yetdi.

2027–2030-yillar uchun energetik o‘tish va dekarbonizatsiya, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, shaharlarning barqaror rivojlanishi, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat moliyasini boshqarish ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi.

Umumiy qiymati 1,125 mlrd yevro bo‘lgan 11 ta loyihadan iborat indikativ portfel taqdim etildi. U energetika, transport, irrigatsiya, shahar infratuzilmasi va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishlarini, jumladan, Toshkent–Samarqand temir yo‘l liniyasini reabilitatsiya qilish hamda poytaxt jamoat transportini rivojlantirishni qamrab oladi.

Erishilgan kelishuvlar bayonnomada mustahkamlandi va qo‘shma monitoringga olindi. Navbatdagi maslahatlashuvlarni Fransiyada o‘tkazish rejalashtirilgan.