Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati.
Vagit Alekperov davlatimiz rahbariga kompaniya tomonidan Oʻzbekiston energetika tarmogʻida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati haqida batafsil axborot berdi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, neft mahsulotlari chakana savdosi tarmogʻini rivojlantirish loyihalari shular jumlasidan.
Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish boʻyicha rejalar ham koʻrib chiqildi.