14 oktabr 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

9-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.

Tomonlar yil yakuniga qadar rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar jadvali, AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlarni tashkil etish hamda istiqbolli investitsiyaviy tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar tog‘-kon sanoati, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, moliya sektori va axborot texnologiyalari sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.