21 Avgust 2019

O’zbekiston Moliya bozoridagi muhim o’zgarishlar

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani sotish va sotib olish narxlarini belgilab qo’ymasligini, bu narx bozorda mustaqil ravishda o’rnatilishini ma’lum qildi. Banklararo savdo sessiyalarida almashinuv kursining 0,5 foizlik o’zgarishi doirasini bekor qilishga qaror qilindi. Bundan tashqari, 20 avgustdan boshlab tijorat banklari valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd pul sotishni boshladilar.

“Iqtisodiyotdagi raqobat va investitsiyalar erkinligini oshirish eng samarali usuldir. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, agar biz tashqi savdo va ichki bozordagi monopoliya va korruptsiyadan bosqichma-bosqich xalos bo’lsak, sarmoyaviy jozibadorlikni oshirsak va tadbirkorlarni ularning faoliyatiga xalaqit bermasdan qo’llab-quvvatlasak, ichki bozorda vujudga kelgan sog’lom raqobat iqtisodiyotni inflyatsiya botqog’idan olib chiqishga yordam beradi” – dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.