Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

“Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (657-son, 27.10.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida 36 gektar yer maydonida kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensasiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.

Kichik sanoat zonasi hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar. materiallar va bytlovchi buyumlar (kabel’, keramika va plastik mahsulotlar, metall konstruksiyalar) turlarini ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari joylashtiriladi.