Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 2,1 million dollarlik 3,3 ming tonna apelsin import qildi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, apelsin importi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming tonnaga oshgan.
Mamlakatimiz Eron (1,4 ming tonna), Turkiya (1,1 ming tonna), Misr (684,4 tonna), Qozog‘iston (82 tonna), JAR (56 tonna) va Rossiyadan (7,6 tonna) apelsin xarid qildi.