16 dekabr 2022

Turkiya va Qashqadaryo viloyati o‘rtasidagi munosabatlari mustahkamlashmoqda

Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Ochilov ishtirokida Turkiya UTEP uyushmasi va Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida Turkiya ishbilarmon doiralarining 20 dan ortiq vakillari bilan B2G formatida uchrashuvlar o‘tkazilib, mehmonlarga Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy, investitsiyaviy salohiyati va imkoniyatlari tushuntirilib, uning natijasida o‘zaro kelajakda manfaatli hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.