14 fevral 2023

O‘zbekiston-Misr biznes anjumanini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

Mamlakatimiz dilomatiya vokolatxonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari va Misr ishbilarmonlar uyushmasi ijrochi direktori Muhammad Yusuf o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat avvalida O‘zbekiston-Misr biznes-forumida ishtirok etadigan ishbilarmonlar va ularning faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Misr tomoni ushbu tadbirda 100 nafargacha misrlik ishbilarmonlarni jalb etishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi.

Biznes-forum doirasida V2V uchrashuvlarini tashkil etish o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish uchun qulay imkoniyat yaratishi alohida taʼkidlandi.

Muhammad Yusuf O‘zbekiston-Misr Ishbilarmonlari kengashini tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini Qohira shahrida o‘tkazish taklifini bildirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misr ishbilarmonlari kengashi o‘rtasidagi O‘zbek-Misr ishbilarmonlari kengashini tuzish to‘g‘risida bitim loyihasi ko‘rib chiqildi va   imzolash uchun tasdiqlandi.