“To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2024” 15-yubiley Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi 11-14 sentabr 2024 y.

“To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2024” 15-yubiley Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi

11-14 sentabr 2024 y.

Kuz. Yana shahrimizda xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. Mavsumni “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2024” 15-yubiley Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi ochadi. U 2024-yilning 11-14-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKMda bo‘lib o‘tadi va tadbir tashkilotchisi ITECA kompaniyasi hisoblanadi.

Ko‘rgazmada Germaniya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalar yetkazib beruvchi va to‘qimachilik sanoatining yetakchi kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Tadbir asosiy vazirlik va idoralar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Unga respublika Vazirlar Mahkamasi rahbarlari tashrif buyurishadi. Ammo butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi soha mutaxassislar va ekspertlari uchun noyob sarmoyaviy imkoniyat mavjud.

Ko‘rgazma: xalqaro konferensiyalar, ko‘plab B2G va B2B uchrashuvlari, mahorat darslari, seminarlar, forumlar va xalqaro ishlab chiqaruvchilarning tan olingan soha yetakchilari va mutaxassislarining taqdimotlari kabi foydali ishbilarmonlik dasturini o‘z ichiga oladi.