4-BUTUNJAHON KREATIV IQTISODIYOT KONFERENSIYASI WCCE haqida

4-BUTUNJAHON KREATIV IQTISODIYOT KONFERENSIYASI

WCCE haqida

.

2018-yilda Indoneziyada asos solingan Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi yetakchi jahonshumul minbar hisoblanib, unda ijodkorlar, tadbirkorlar va rahbarlar muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarga yechim topish hamda katta imkoniyatlarni kashf etish maqsadida birlashadilar. Mushtarak sa’y-harakatlar bilan ular jahon miqyosidagi kreativ iqtisodiyot kelajagini aniqlash va shakllantirishga hissa qo‘shadilar.

Anjuman xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, inklyuziv, barqaror iqtisodiyotni shakllantirishda ijodkorlikning salmog‘iga urg‘u berish hamda e’tiborni zaxiralarga asoslangan iqtisodiyotdan bilimlar iqtisodiyotiga o‘tkazishga qaratilgan.

Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib, uch kun davom etadi, bunda har bir konferensiya turli mamlakatlarda bo‘lib o‘tadi. Mana endi Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 2–4-oktabrda bo’lib o’tadi.

Mavzu:

INKLYUZIV IJODKORLIK: O‘ZGARGAN VOQELIK

2024-yilgi konferensiyaning mavzusi texnologiyaning jadal rivojlanishidan kelib chiqadigan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni, xususan, sun’iy idrokning joriy etilishida intellektual mulk huquqlari qanday belgilanishi va ijodiy odob-axloq qay tarzda o‘zgarayotganini  tadqiq etishga bag‘ishlanadi.

Bashoratlarga ko‘ra, sun’iy idrok 2025-yilga kelib 85 milliondan ortiq ish o‘rinlarining o‘rnini egallashi mumkin, bu esa ko‘plab ijodiy kasblarga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Mehnat bozori allaqachon katta o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechirmoqda. Biroq ishlab chiqarish va an’anaviy hunarmandchilik kabi kreativ iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida o‘sish kuzatilmoqda.

Biroq jahon hamjamiyatining jamoaviy sa’y-harakatlari ushbu o‘tish davrini yumshata olishi mumkin: notenglikni kamaytirish, yangi bozor imkoniyatlarini yaratish va atrof-muhitni muhofaza qilishga ko‘maklasha oladi.

Dastur

Loyiha faqat konferensiya o‘tkazish bilan cheklanib qolmaydi.

Siz 2024-yil oktabr oyida boʻlib oʻtadigan bosh anjuman oldidan boʻlib oʻtadigan tadbirlarda, shuningdek, kreativ sanoat sohalarini uzoq muddatli rivojlantirishga qaratilgan meros dasturini ishlab chiqishda ishtirok etishingiz mumkin. 2024-yilgi Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasidagi barcha tadbirlar ijodiy sanoat sohalarining kelajagini shakllantirish maqsadida hamkorlik, muloqot va fikrlar almashinuvi uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.