ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 YANA BIZ BILAN BIRGA
Toshkentda Markaziy Osiyoning yirik IT-tadbirlaridan biri — ICT WEEK Uzbekistan 2024 bo’lib o’tadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bu forumga ro’yxatdan o’tish deyarli yakunlandi. O’zining 20 yilligini nishonlayotgan ICT WEEK Uzbekistan 2024 da 50 dan ortiq mamlakatdan 200 dan ziyod tashkilot ishtirok etishi kutilmoqda. 17-20 sentyabr kunlari Central Asian Expo Uzbekistan (CAEX) da bo’lib o’tadigan bu tadbirda texnologiya va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish hamda tajriba almashish imkoniyatini boy bermang.
ICT WEEK Uzbekistan 2024 da ishtirok etish quyidagilarni taqdim etadi:
startaplar, autsorsing va investitsiyalar uchun keng platforma;
venchur moliyalashtirish, BPO, elektron tijorat, sun’iy intellekt, IT-yechimlar yetkazib beruvchilari, raqamlashtirish va davlat xizmatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik va AKTda gender tengligi masalalari bo’yicha 10 ta yirik forum va sammitlar;
yetakchi xorijiy va mahalliy IT-kompaniyalar, jumladan FinTech, o’yin va robototexnika sanoati, shuningdek, ta’lim va telekommunikatsiya kompaniyalari vakillari bilan muloqot qilish mumkin bo’lgan ICT EXPO ko’rgazmasi.
Hafta davomida Yaponiya, Koreya, Xitoy, Qatar va Latviya kabi mamlakatlarning milliy pavilyonlari ularning yetakchi IT-kompaniyalari ishtirokida taqdim etiladi.
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17-20-sentabr kuni Toshkent shahridagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbir ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligiga tashrif buyuruvchilar uchun 4 kun davomida shaharning turli nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Haftalikka tashrif buyurib, siz eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari bilan tanishish va tajriba almashish imkoniga ega bo‘lasiz.
Bundan tashqari haftalik turli mavzulardagi qiziqarli forum va konferensiyalarni o‘z ichga oladi. “IT ta’lim va frilansing forumi”, “IT sohasida ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar” kabi tadbirlar shular jumlasidan.
ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligida mehmonlarni kutayotgan tadbirlar bilan ushbu havolada (https://t.me/ictweekuzbekistan/1093) tanishishingiz mumkin:
Tadbirga qiziquvchi barcha kishilar va kompaniyalarni ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilamiz.
Avtobuslar jo‘naydigan manzillar:
Avtobuslar soat 9 dan boshlab har soatda 18:00 ga qadar qatnaydi.