2019 yil 13 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga moliyaviy va boshqa manbalardan foydalanishda ko‘maklashish, tadbirkorlarni homiylik va xayriya faoliyatiga majburlashni taqiqlanish va boshqa bir qatori masalalarni o’zida aks etuvchi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari:
tadbirkorlarni asosiy faoliyatlarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan faoliyatga, shu jumladan homiylik va xayriya yordami, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, metallolom va chiqindilarni yig’ish va boshqa ishlarga majburiy jalb qilish;
tadbirkorlarni qishloq xo’jaligida mavsumiy ishlarga jalb qilish (ekish va o’rim-yig’im) va mehnat resurslari, naqd pul va boshqa moddiy boyliklarni taqsimlash bilan bog’liq boshqa tadbirlar;
majburiy ravishda tadbirkorlar ishtirokida yig’ilishlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qo’llash tahdidi ostida o’tkazish.