ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda 88 million dollarlik yashil vodorod zavodi qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi «UzDaily.uz».
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ACWA Power kompaniyasi oʻrtasida umumiy qiymati 88 million dollarlik “Yashil vodorod” loyihasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya shartnomasi imzolandi.
Hujjat Samarqandda boʻlib oʻtgan YeTTB Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yigʻilishining 2-kunida imzolandi.
ACWA Power Uzbekistan bosh ijrochi direktori Marko Arcelli bu ACWA Power kompaniyasining dunyodagi ikkinchi yashil vodorod loyihasi ekanligini ta’kidladi. Birinchi loyiha Saudiya Arabistonida, ikkinchisi esa O‘zbekistonda amalga oshirilishini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning birinchi bosqichi Saudiya Arabistonidagi loyihaga nisbatan quvvat jihatidan kichikroq bo‘ladi, lekin ikkinchi bosqich katta bo‘ladi. Arcellining qayd etishicha, yashil ammiak yashil vodoroddan ishlab chiqariladi va bu O‘zbekistonga YeI bilan aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi.