Mamlakatimiz Bosh konsulligi tomonidan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimligi bilan aniq loyihalarni amalga oshirish yuzasidan onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar Shahrisabz viloyati salohiyatidan kelib chiqib, har bir soha bo‘yicha yuqori sifatli sarmoyaviy takliflar tayyorlash va keyingi amaliy ishlarni birgalikda jadallashtirishga kelishib oldilar.
Xususan, mahalliy investitsiya muhiti va imkoniyatlari, tog‘-kon sanoati, meva-sabzavotni qayta ishlash va turizm sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari bilan tanishish maqsadida Guanchjou va Dongguan ishbilarmonlarining Shahrisabz viloyatiga tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan. .