06 iyul 2023

“Milliy bank” AJ va Britaniyaning Standard Chartered banki 100 million dollarlik shartnoma imzoladi

«UzDaily.uz» xabariga ko‘ra, joriy yilning 6-iyul kuni “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiyalar va ta’lim” xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonda “Investor Day” – “Yangi O‘zbekistonning investitsion salohiyati” xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida “Milliy bank” AK Buyuk Britaniyaning yetakchi banki Standard Chartered Bank bilan ko‘p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi (MIGA) global eksport kredit agentligi ostida kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha shartnoma tuzdi.

MIGA eksport kredit agentligining asosiy afzalligi – bu istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini moslashuvchan tarzda tuzish imkonini beruvchi ma’lum bir mamlakat tarkibiga bo’lgan talabning yo’qligi.

Standard Chartered Bank kredit liniyasi kichik va oʻrta biznes uchun muqobil energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik, transport, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi, eksportga yo‘naltirilgan, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish ta’minlanadi.