12 oktabr 2023

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish uchun 170 million dollar ajratadi

Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuvda “Yashil iqlim jamgʻarmasi” tomonidan amalga oshirilayotgan “Elektromobillar” dasturini moliyalashtirishga oid masalalarni muhokama qildi, deb xabar beradi OʻzA Milliy axborot agentligi muxbiri. 

Yig‘ilishda ushbu dasturni yettita davlatda, xususan, O‘zbekistonda moliyalashtirish uchun 170 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratish taklif etildi. Shundan 65 million dollari grantlar, qolgan 105 million dollari esa kredit mablag‘laridir.

Mablag‘lar tijorat elektromobillarini ommalashtirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, elektrobuslar parki va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, dasturda sohani rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi 4 ta yo‘nalish mavjud.