07 may 2024

Buyuk Britaniya hududlari O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor

Elchi Ravshan Usmonov Birmingem shahriga tashrif buyurib, u yerda Buyuk Britaniyaning G‘arbiy Midlend mintaqasi bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Xususan, tashrif doirasida Birmingem shahri meri Lord Chaman Lal bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda sarmoya, savdo-iqtisodiy, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlikni faollashtirish, yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Lord Chaman Lal O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, iqtisodiyotni liberallashtirish, tashqi savdoni rivojlantirish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish borasidagi islohotlarga yuksak baho berdi.

Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, Oʻzbekiston hududlari bilan hamkorlikda savdo koʻrgazmalari, tomonlarning investitsiyaviy salohiyatiga bagʻishlangan uchrashuvlar, madaniy tadbirlarni muntazam oʻtkazishga qiziqish bildirildi.