Joriy yilning 25-28 mart kunlari Malayziyaning Bounty Biotech kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Xao King boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.
Tashrif davomida delegatsiya Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi istiqbolli yer uchastkalari bilan tanishib chiqdi. Bundan tashqari, Buxoro viloyati rahbariyati, ISSV, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, “Parrandasanoat” uyushmasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi.
Muloqot chog’ida tomonlar kelgusida birgalikda olib boriladigan ishlar rejasini kelishib oldilar.
Malayziya kompaniyasi rahbariyati joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishtirok etishga qiziqish bildirdi.