20 aprel 2023

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari mustahkamlanmoqda

19-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shandun port guruhi rahbari boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahrida transport va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “UzDaily.uz” xabar beradi.

Tadbir Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va Shandong port guruhi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Tadbirda Shandun provinsiyasidagi yirik portlar rahbarlari, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston iqtisodiyot assambleyasi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda tadbirkorlik va sarmoyaviy faoliyat uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, iqtisodiy erkinlik yaratish va tadbirkorlikni huquqiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar, respublikamizning turizm salohiyati, logistika va transport sohalarida Xitoy bilan hamkorlik istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Shuningdek, forum ishtirokchilari eʼtiboriga Shandun portlari va Oʻzbekistonning sarmoyaviy salohiyati haqida taqdimot va videoroliklar taqdim etildi.

Bundan tashqari, biznes-forum dasturi doirasida B2B muzokaralari ham boʻlib oʻtdi, unda tadbirkorlar va investorlar toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish, manfaatlar kesishgan nuqtalarni topish va logistika sohasida yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish imkoniga ega boʻldi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2017-yilda 4,8 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 8,9 milliard AQSh dollariga yetdi va shu orqali 185 foizga o‘sdi. Jumladan, eksport hajmi 23,4 foizni, import hajmi esa 134,7 foizni tashkil etdi.