16 aprel 2025

Xitoy Eksimbanki va Xitoy Xalqaro taraqqiyot va hamkorlik agentligi (CIDCA) IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Joriy yilning 10-11-aprel kunlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida Eksimbank vitse-prezidenti Yang Dongning va Xitoy Xalqaro taraqqiyot va hamkorlik agentligi (CIDCA) direktori o‘rinbosari Li Syunfeng bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Eksimbank rahbariyati bilan O‘zbekiston hududlarida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish loyihalari, jumladan maxsus texnika va elektr qutilarini xarid qilish, bir qator muhim loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Eksimbank rahbari kelishuvlar ijrosini shaxsiy nazoratga olishga va barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.  Shu bilan birga, yangi loyihalarni tasdiqlashni jadallashtirish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish darajasi bo‘yicha toifalarga bo‘linishni nazarda tutuvchi ularni amalga oshirish jarayoni monitoringi tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

CIDCA rahbariyati bilan Oʻzbekistonda ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish, chekka hududlarda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish va kvant metrologiya laboratoriyasini yaratish boʻyicha yangi yoʻnalishlar hisobiga loyihalar roʻyxatini kengaytirishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida Xitoy tomoni ISSV rahbariyatini 2025-yil sentabr oyida boʻlib oʻtadigan Xitoy xalqaro investitsiya va savdo koʻrgazmasida (CIFIT) qatnashishga taklif qildi, shuningdek, II Oʻzbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi va 10-12-iyun kunlari Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga qiziqishini bildirdi.