2024-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Kipr ikki tomonlama munosabatlarini har tomonlama kengaytirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilindi.
Iqtisodiy diplomatiyani izchil rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi. Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi.