26 may 2025

O‘zbekiston TIV rahbari Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi

2025-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati. Suhbat chog‘ida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ICESCO tomonidan ilgari surilayotgan istiqbolli tashabbuslar yuqori baholandi. Xususan, 2025-yilda Samarqand shahrining Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishi tashabbusi madaniy aloqalarga yangi nafas bag‘ishlagani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, uchrashuv doirasida O‘zbekiston Hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish va yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan Harakatlar rejasi imzolandi.