O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi tomonidan ‘‘Global Gateway’’ mavzusidagi davra suhbati doirasida respublikaning sarmoyaviy salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda ‘‘Dunyo’’ axborot agentligi muxbiri.
Tadbirda Belgiya Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi xodimlari, Yevropa komissiyasi, Flamand investitsiya va savdo agentligi FIT, Valloniya eksport va xorijiy investitsiyalar agentligi AWEX, Bryussel Enterprise agentligi va bir qator Belgiya kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga O‘zbekistonda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, uni yanada takomillashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Farmatsevtika, kimyo, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida, shuningdek, ‘‘Global Gateway’’ tashabbusi doirasida transport, raqamlashtirish, muhim xom ashyo va ta’lim sohalarida ishlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari qayd etildi.
Belgiya kompaniyalari ishlab chiqilayotgan qo‘shma loyihalarda faol ishtirok etishga taklif etildi.