Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi, deb xabar beradi “Repost.uz” elektron vizalar berish bo‘yicha mamlakat hukumat portaliga tayanib.
Chet el pasportining amal qilish muddati kamida olti oy bo’lishi kerak, shuningdek, boshqa davlatga qaytish yoki chiqish chiptasi bo’lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy qilgan edi.