08 iyul 2024

Xitoy farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiya loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston Bosh konsulligi vakillari ‘‘Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals’’ kompaniyasi bosh direktori Ning Na bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zbekistonlik hamkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Xitoy tomoniga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, xususan, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika sohalarida yaratilgan imkoniyatlar, mavjud sanoat zonalari haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston hududlarida dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida kompaniya delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurishga taklif etildi.

‘‘Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals’’ an’anaviy xitoy tibbiyotini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U ‘‘Fortune 500’’ yirik korxonalari ro‘yxatiga kiritilgan, dorivor o’simliklarni sotish, sotish va etishtirish bilan shug’ullanadi va ishlab chiqarish korxonalarida 1200 dan ortiq xodimlar ishlaydi.