O‘zbekiston elchisi Timur Rahmonov kecha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov bilan birgalikda Latviyaning “Olainfarm” yirik farmatsevtika kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi – Markaziy Osiyodagi savdo ofisi rahbari Aleksandr Melnis bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekiston va “Olainfarm” o‘rtasidagi investitsiyaviy va texnologik hamkorlik masalalari hamda mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirgan holda qo‘shma ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Aleksandr Melnis O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni so‘nggi yillarda ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotganini ijobiy baholadi. Rigada investitsiya va texnologik hamkorlikni oshirish orqali Olainfarm kompaniyasining O‘zbekistonda uzoq muddatli ishtirokini kengaytirish istiqbollariga ishonch bilan optimistik qarashlari ta’kidlandi.
Aleksandr Melnisning xabar berishicha, “Olainfarm” kompaniyasi O‘zbekistonda keng turdagi yuqori sifatli ampulali mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasini o‘rganmoqda.
“Olainfarm” kompaniyasi 1972-yilda Latviyaning Olaine shahrida tashkil etilgan. Bu Boltiqbo’yi mamlakatlaridagi eng yirik farmatsevtika kompaniyasi. Kompaniyaning aylanmasi 124 million yevrodan oshadi. Mahsulot assortimenti 60 ta tayyor dozalash shakllari, 25 ta faol farmatsevtik ingredientlar va 20 dan ortiq oraliq mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Korxona mahsulotlari 60 ta davlatga eksport qilinadi. 2011-yildan buyon Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) silga qarshi dori-darmonlar yetkazib beradi.