30 aprel 2025

Quvayt kompaniyasi Jizzax viloyati Sharaf-Rashidov tumanida tibbiy laboratoriya ochishni rejalashtirmoqda

23-24-aprel kunlari ‘‘Jizzax – 2025’’ xalqaro biznes-forumi doirasida Quvaytning sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, moliya, avtomobilsozlik va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda ‘‘Dunyo’’ axborot agentligi muxbiri.

Quvayt delegatsiyasini Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev qabul qildi. Quvaytlik tadbirkorlar bilan muloqotda viloyat hokimi ularni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini ham muhokama qildilar.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligi va Quvaytning “Biomedix Medical Group Co” kompaniyasi oʻrtasida memorandum imzolangani forumning muhim natijalaridan boʻldi. Hujjatda tuman shifoxonasi hududida zamonaviy tibbiy laboratoriya ochish koʻzda tutilgan.

Quvayt tomoni vakillari Jizzax viloyatining qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va turizm sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yuksak salohiyatini alohida ta’kidladi.

‘‘KFH Capital’’ vitse-prezidenti Muhammad Soqib Aftab:

– Jahon kapital bozoridagi bugungi tavakkalchilikdan kelib chiqib, “Jizzax – 2025” xalqaro biznes-forumi kabi tadbirlarni o‘tkazish, yirik moliya tashkilotlari va investorlarni mamlakatimiz hududlariga taklif etish juda muhim.

‘‘Gulf Care General Trading Co.’’ tibbiy laboratoriya xizmatlarini tashkil etish bo’yicha menejeri Abdulla Elarabi:

«Oʻylaymanki, biznes-forum oʻtkaziladigan joy sifatida Zomin viloyatining tanlangani bejiz emas. Tadbirga taklif etilgan sarmoyadorlar uchun viloyat Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini yaqqol namoyish etdi. Forum koʻplab investorlarning mehmonxona biznesiga sarmoya kiritish, sayyohlik xizmatlari, koʻngilochar markazlar qurishga qiziqishini uygʻotdi. Berilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, biz “Medikal Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda “Medical Group” loyihasini amalga oshirishga qaror qildik. Jizzax viloyati Sharof-Rashidov tumanida mahalliy aholi va sayyohlarga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.