30 iyul 2024

Quvayt kompaniyasi Samarqand viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Quvaytning yirik “Alsalam Media Company: Project Development Consultant” kompaniyasi vakili Jamol Abdulla ad-Duayj Samarqand viloyatining Payariq tumaniga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Tashrif doirasida Quvayt kompaniyasi delegatsiyasi Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Shohruh Eshonqulov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ziyorat turizmi sohasida sarmoyaviy hamkorlik va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Quvaytlik investor Imom Al-Buxoriy majmuasi hududini sayyohlik maskani sifatida yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldilar.