Sirdaryo viloyati Boyout tumani hokimi Dilfuza O‘rolova mamlakatimizga kelgan Quvaytlik investorlar bilan, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, tibbiyot sohasida investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali viloyat aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.