Litvaning UHB Group kompaniyasi «Samarqand-NPK» zavodining 47 foiz ulushini sotib oldi va kelgusi yilda ulushni 85 foizgacha oshirish majburiyatini oldi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri, Oʻzbekistonning Rigadagi elchixonasiga tayanib.
“Samarqand-NPK” zavodi 2016-yilda “Samarqandkime” AJ (Samarqand kimyo zavodi) negizida ishga tushirilgan. Azot-fosfor-kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 240 ming tonna NPK-o’g’itlarini tashkil etadi, bu Litvadagi UHB guruhining ishlab chiqarish quvvatidan 2 baravar yuqori.
UHB Group 2003-yilda tashkil etilgan. Guruh tarkibiga UHB Agro (oʻgʻitlar ishlab chiqarish, yillik aylanmasi 115,6 million yevro boʻlgan don ulgurji savdosi), UHB Food (yillik aylanmasi 11 million yevro boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari – yongʻoq, quritilgan mevalar, don mahsulotlari ulgurji savdosi), UHB Service kiradi (logistika , eksport-import operatsiyalari, omborlar, kalibrlash, qadoqlash va boshqalar yillik aylanmasi 58 million evro), UHB Chemicals (yillik aylanmasi 20 million evro bo’lgan kimyo mahsulotlari savdosi).
Kompaniyaning yillik aylanmasi umuman olganda 200 million yevrodan oshadi.
Guruh aylanmasining asosiy ulushini o‘g‘itlar va kimyoviy moddalar ishlab chiqarish va sotish tashkil etadi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, bu UHB guruhi biznesining eng muhim qismi boʻlib, Oʻzbekistonda zavod sotib olinishi bilan yanada oshadi.