08 oktabr 2024

O‘zbekiston va Tatariston viloyatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Nodirjon Qosimov Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Marat Zyabbarov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Tatariston viloyatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida Tatariston Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirligi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.