15 iyul 2025

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan qabul qilindi

2025-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlari va ezgu tilaklari yetkazildi.

Tomonlar savdo, transport aloqalari, madaniy almashinuvlar kabi barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuvda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi sheriklikni mustahkamlash, umumiy farovonlikni ta’minlash, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.