2023-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Islom banki ijrochi direktori Bassel Gamal bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Muzokaralar kun tartibida investitsiya loyihalarini ilgari surish, bilim almashinuvini tashkil etish, zamonaviy bank va moliya xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma vositalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.