2024-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchisi Rosalba Lo Buye Antikoni qabul qildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Muloqot chog‘ida tomonlar geografik uzoqlikka qaramay, ikki mamlakatni bir-biriga yaqinlashtirish maqsadida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ko‘priklar qurish bo‘yicha kelishib oldilar.
Shuningdek, yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, parlamentlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashishni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi.