2024-yilning 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ‘‘Adani Group’’ kompaniyasining (Hindiston) Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Ashish Xan boshchiligidagi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
‘‘Adani Group’’ bilan energetika, transport va logistika, konchilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi muhim tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Elektr stansiyalarini qurish, infratuzilmani rivojlantirish va logistika imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar natijasida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga sobit qolishlarini bildirdilar va yangi loyiha tashabbuslarini amalga oshirish uchun asosiy tarmoqlarni belgilab oldilar.