2025-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ‘‘Alpac Capital’’ investitsiya kompaniyasi bosh ijrochi direktori va ‘‘Euronews’’ kuzatuv kengashi raisi Pedro Vargas bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.
Uchrashuv davomida moliyaviy sohadagi sheriklik istiqbollari, xususan, ‘‘Alpac Capital’’ kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
‘‘Alpac Capital’’ — 2013-yilda tashkil etilgan portugaliyalik investitsiya guruhi bo‘lib, turli mintaqalardan moliyaviy resurslarni jalb etib, ularni Yevropa bozorlariga yo‘naltirish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya keng turdagi aktivlarga sarmoya kiritadi va portfelidagi korxonalar rivojiga bevosita jalb etilgan faol investitsion yondashuvi bilan tanilgan.