Joriy yilning 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Toivo Klaar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati. Tomonlar diqqat markazida iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarining dolzarb masalalari bo‘ldi.
Investitsiyaviy hamkorlikda izchil o‘sish kuzatilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda Yevropa sarmoyalari ishtirokida 997 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud. Shu nuqtai nazardan, tomonlar geologiya, energetika va kimyo sanoati sohalarida avval kelishilgan loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini atroflicha muhokama qildilar. Yangi qoʻshma sarmoyaviy tashabbuslarni oʻzaro asosda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrishga tayyorlik bildirildi.
Suhbat chog‘ida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi va asosiy tashkiliy masalalar ham kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro munosabatlarning muhokama qilingan barcha yoʻnalishlari boʻyicha faol hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga sobit qolishlarini bildirildilar.